Buxoro viloyati IIB boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Ichki ishlar boshqarmasi Davolash profilaktikasi muassasalari Tibbiyot bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
Bugun, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tursunov Ichki ishlar boshqarmasi Davolash profilaktikasi muassasalari Tibbiyot bo‘limi faoliyati bilan tanishib, bu yerda faoliyat olib boruvchi shahodatlangan va erkin yollangan tibbiyot xodimlarining har bir bilan suhbatlashdi, bo‘limda yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Boshqarma boshlig‘i shaxsiy tarkib, ularning farzandlari, oila aʼzolari, nafaqadagi faxriylar, hamda ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlarda ko‘p uchrayotgan kasalliklar ro‘yxatini tuzish, ilmiy yondashuv asosida tahlil qilgan holda, ularning sabablarini aniqlab, zamonaviy tajribalardan samarali foydalangan holda kasalliklarga qarshi kurashish, shu bilan birga mavsumiy kasalliklarni oldini olish, dispanser hisobida turgan xodimlarni sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish borasida masʼullarga manzillari aniq belgilangan topshiriqlar berdi.
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Tibbiyot bo‘limidagi o‘rganishlari davomida viloyat ichki ishlar organlarida bir necha yillar samarali mehnat qilib, hozirda nafaqa gashtini surayotgan Maston Tolibov va Xudoynazar Rahmatovlar bilan ham suhbatlashdi. Otaxonlarning sog‘lig'idagi muammolarini o‘rgangan holda ularni davolash, sihatgohlarga yo‘llanma berish borasida Tibbiyot bo‘limi rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i viloyat ichki ishlar organlarida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xodimlarning salomatligini ishonchli muhofaza qilish, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng tatbiq etish, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya qilishi, faxriylarga namunali tibbiy xizmat ko‘rsatish, biriktirilgan kontingent va nomzodlar bilan ishlashda qonun talabidan chetga chiqmaslik borasida ko‘rsatmalar berdi.