20 Yanvar 2025 yil 1450

Buxoro viloyati IIB da barpo etilib, test rejimida ishlayotgan “Qalqon” videokuzatuv markazining imkoniyatlari kengaymoqda

Bugungi kunda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi negizida tashkil etilib, test rejimida ishlayotgan “Qalqon” videokuzatuv markazining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish, uni yana-da takomillashtirish maqsadida, viloyat IIB boshlig‘i huzurida, soha mutaxassislari tomonidan boshqarmaning sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi, seminar trening tartibida o‘tkazildi.

Hozirda ushbu markazni takomillashtirish yuzasidan manzilli ishlar olib borilayotganligi to‘g‘risida maʼlumot berilib, mutasaddilar tomonidan ko‘p qavatli uylarda, maishiy va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, mahallalar ko‘chalarida, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona, tashkilot va muassasalarda o‘rnatilayotgan, taftishdan o‘tkazilgan zamonaviy kameralarni markazga integratsiya qilish masalalarining texnik tomonlari batafsil tushuntirildi.

Text to speech