23 Yanvar 2024 yil 1527

Buxoro viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning joylardagi tizimlari tomonidan 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasi o‘tkazildi

Dastlab, 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar birma-bir tahlil qilindi.

O‘tgan hisobot yilida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan tegishli xulosa chiqargan holda joriy yilda fuqarolarga davlat xizmati ko‘rsatish sifatini yana-da yaxshilash borasida zarur chora-tadbirlar belgilab berildi.

Shuningdek xodimlarga xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish zarurligi uqtirildi.

Yakunda o‘tgan 2023 yilda o‘z xizmat vazifasiga sidqidildan yondashib hamkasblariga o‘rnak bo‘lib, ijobiy natijalarga erishgan bir guruh xodimlar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan munosib taqdirlandi.

Text to speech