Buxoro viloyati IIB tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibining patrul-post xizmati inspektori lavozimlari uchun tanlov e’lon qilinadi
Lavozimlar tarkibi: Safdorlar
Eʼlon berilgan sana: 26.01.2025
Bo‘sh ish o‘rinlar soni: 30 ta
Eʼlon tugash sanasi: 31.01.2025
Maʼlumoti bo‘yicha: Oliy taʼlim bakalavriat
Lavozimi: safdorlik
Talab etilgan bo‘y: Erkaklar uchun: 170.0 sm va undan yuqori
Jins turi: Erkak
Yosh chegarasi: 18 yoshdan kichik bo‘lmagan 30 yoshdan katta bo‘lmagan
Nomzodlar bog‘lanishi uchun telefon raqamlar: +998 90 613 52 32, +998 91 401 41 19
Umumiy talablar:
- Sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatdan o‘tgan fuqarolar;
- Buxoro viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar.
Talab etiladigan imtiyozlar:
- Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan fuqarolar;
- Oliy taʼlim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlagan fuqarolar;
- Sport musobaqalarining (Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) individual turlarida g‘olib chiqqan fuqarolar;
- Talabalar, magistrlar yoki doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan fuqarolar;
- Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari;
- IIV Akademik litseylar va harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari.
Tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Saralash bosqichi:
- Ro‘yxatdan o‘tish;
- Dastlabki o‘rganish;
- Intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash;
- Test sinovi (O‘zbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo‘yicha bilimlarni baholash);
- Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash (kuch ishlatish mashqi-to‘sinda (turnikda) tortilish, tezlikka oid mashq-100 metrga yugurish va chidamlilikka oid mashq-3000 metrga yugurish);
2. O‘rganish bosqichi:
- Nomzodlarni xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tkazish;
- Nomzodlarni psixofiziologik (poligraf) tekshiruvdan o‘tkazish (Ichki ishlar organlarida xizmat qilish uchun to‘sqinlik qiladigan salbiy omillarni aniqlash maqsadida).
Lavozimning faoliyat yo‘nalishi va vazifalari:
Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash, fuqarolarning huquq-erkinliklari, qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarni mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini ta'minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar 2025-yil 26-yanvardan kunidan 31 yanvar kuniga qadar kb.iiv.uz portal orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.