22 Sentyabr 2024 yil 1342

Buxoro viloyati hokimi hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashabbusi bilan viloyat 3-sektoriga qarashli Shofirkon tumani Markaziy o‘yingohi yangicha qiyofa kasb etmoqda.

Sahifalarimizni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, Buxoro viloyati hokimi hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashabbusi hamda hududiy masʼullarning saʼy-harakati bilan Shofirkon tumanidagi Markaziy stadionda keng ko‘lamli rekonstruksiya, qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bugun viloyat IIB boshlig‘i Shofirkon tumanida bo‘lib, mazkur o‘yingohda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bilan yaqindan tanishdi.

Boshqarma boshlig‘i tuman markaziy o‘yingohida olib borilayotgan qayta rekonstruksiya ishlari jarayonini hamda futbol maydoniga sunʼiy chim qoplamasini yotqizish bilan bog‘liq ishlarning borishini ko‘zdan kechirib, stadionni tez fursatlarda aholi foydalanishi uchun topshirish yuzasidan mutasaddilarga tavsiya hamda ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech