24 Aprel 2025 yil 248

Buxoro viloyati hokimi boshchiligidagi masʼullar tomonidan ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, berilgan eʼlon bo‘yicha Buxoro shahridagi "Kasbiy ko‘nikmalar Markazi" da viloyat hokimi boshchiligidagi masʼul rahbarlar tomonidan ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabul davomida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 30 dan ortiq fuqarolarning sud-huquq hamda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, surishtiruv, tergovga qadar tekshirish va dastlabki tergov harakatlari davomida mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida o‘tkazilayotgan qabulda asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Text to speech