Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi sektor rahbarlari tomonidan Vobkent tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amaliyotga joriy etilgan aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning bunday samarali mexanizmi hududlar infratuzilmasini yaxshilashga, aholi muammolarini hal etishga xizmat qilmoqda.
Shu maqsadda, Buxoro viloyati hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari markazdan tortib, eng olis hududlarda istiqomat qiluvchi aholining muammolariga yechim topish maqsadida ommaviy sayyor qabullarni davom ettirmoqdalar.
Bugun, Vobkent tumani hokimligi binosida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabulda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ikromjon Tursunov ham ishtirok etib, aholining sud-huquq, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlari, shuningdek, 3-sektor hamda ichki ishlar organlarining kundalik faoliyati bilan bog‘liq masalalarda qilingan murojaatlarni birma bir ko‘rib chiqdi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida tezkorlik bilan hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olinganlari yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Bu kabi sayyor qabullar tasdiqlangan grafik asosida viloyatning barcha hududlarida davom ettiriladi.