Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi sektor rahbarlari tomonidan viloyat 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini oshirish, odamlarni bugungi kunidan rozi qilishda davlat boshqaruvi idoralarining xalq ichiga kirib borishi, barcha darajadagi mutasaddilarning aholi dardini eshitishi, quvonchu tashvishiga sherik bo‘lishi g‘oyat muhim sanaladi.
Shu maqsadda, Buxoro viloyati hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari markazdan tortib, eng olis hududlarda istiqomat qiluvchi aholining muammolariga yechim topish maqsadida ommaviy sayyor qabullarni o‘tkazib kelmoqdalar.
Bugungi G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabulda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov ham ishtirok etib, aholining sud-huquq, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlari, shuningdek, 3-sektor hamda ichki ishlar organlarining kundalik faoliyati bilan bog‘liq masalalarda qilingan murojaatlarni birma bir ko‘rib chiqdi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida tezkorlik bilan hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olinganlari yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Bu kabi sayyor qabullar tasdiqlangan grafik asosida viloyatning barcha hududlarida davom ettiriladi.