5 Sentyabr 2024 yil 1594

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov boshchiligida Shofirkon tumanining “Dorigar” mahallasi aholisining ijtimoiy iqtisodiy muammolari yechimiga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi

Xabaringiz bor, bugungi kunda, “Dorigar” mahallasida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov tashabbusi bilan hududni obodonlashtirish, infratuzilmasini tubdan o‘zgartirish, iqtisodiy o‘sish drayverini yaratish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, “Raqamlashgan,obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallaning kirish va chiqish joylari, markaziy va aholi gavjum ko‘chalarini, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, mavjud tashkilot va idoralar maʼmuriy binolari zamonaviy videokuzatuv kameralari bilan jihozlanmoqda.

Shu bilan birga, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini “xonadonbay” va “fuqarobay” tartibda aniqlab, ularga uzil kesil yechim topish, ayniqsa, kam taminlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtojlarni kambag‘allikdan chiqarish, nogiron, og‘ir kasallikka chalinib davolanayotgan, uzoq muddatga chet elga chiqib ketgan yoki qaytib kelgan fuqarolar, ularning oila aʼzolari, voyaga yetmagan farzandlari holidan xabar olib, mavjud muammolarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli va manzilli ishlar olib borilmoqda.

Shu amaliy ishlarning davomi sifatida bugun, Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov boshchiligida ushbu mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Qabulda viloyat 3-sektor shtabi ayozolari, tuman sektor rahbarlari, viloyat hamda tumanning barcha taalluqli korxona va tashkilotlari masʼullari, mahalla “yettilik” aʼzolari hamda o‘z muammolariga yechim izlab kelgan hudud aholisi ishtirok etishdi.

Jarayonda asosan ish bilan taʼminlash, uy-joy taʼmiri, tibbiy ko‘rik va davolanish, taʼlim krediti, quyosh panellarini o‘rnatish, tadbirkorlikni kengaytirish, elektr taʼminotidagi past kuchlanishni bartaraf etish, ichki yo‘llarni taʼmirlash, imtiyozli kredit olishda amaliy yordam berish hamda sud-huquq masalalarida 100 ga yaqin fuqarolarning 70 dan ortiq murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

20 ga yaqin murojaatlar joyida hal etililgan bo‘lsa qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olingan murojaatlar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, aholi bilan muloqotda bildirilgan takliflar, ko‘tarilgan muammolar asosida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yana-da yaxshilash, mahallalarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz fuqarolar haqida haqiqiy maʼlumotlar jamlanib, ularning muammolarini hal etish, doimiy ish bilan taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shofirkon tumani Dorigar mahallasida amalga oshirilayotgan ish natijalarining yakuni bo‘yicha monitoring ishlari olib borilib, ushbu mahalla misolida eng avvalo tumanning boshqa mahallalari, keyinchalik, viloyatning barcha mahallalarida bu kabi ijobiy tajribani tadbiq etish borasida manzilli chora-tadbirlar belgilandi.

Text to speech