5 Avgust 2025 yil 2178

Buxoro viloyati prokurori va Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida Jondor tumandagi kriminogen holati og‘ir bo‘lgan "Ko‘liyon" mahallasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, xavfsizlikni taʼminlash va profilaktika ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan o‘rganishlar olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, hamda Vazirlar Mahkamasining 801-son “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini doirasida amalga oshirilgan o‘rganishlarda mahalladagi mavjud kriminogen holat, jinoyat sodir etilish holatlari, profilaktika obyektlari va fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, “Xavfsiz ko‘cha” va “Xavfsiz yo‘lak” tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yilgan chora-tadbirlar, jamoat joylarida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, jinoyatchilikka moyil shaxslar, profilaktika hisobida turuvchi fuqarolar, voyaga yetmaganlar, yoshlar va xotin-qizlar bilan individual tarzda olib borilayotgan profilaktik ishlar holati, oilaviy nizolar mavjud bo‘lgan xonadonlar bilan ishlash samaradorligi muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli rahbar va mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Bunday joyiga chiqib o‘tkazilayotgan tahliliy-tashkiliy tadbirlar viloyatning boshqa tuman va shaharlarida ham izchillik bilan davom ettirilib, mahallalarda barqaror, xavfsiz va sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga qaratilgan tizimli islohotlarning samaradorligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Text to speech