19 Iyun 2024 yil 1629

Buxoro viloyati sektor rahbarlari boshchiligida Vobkent tumanining "Cho‘rikalon" mahallasida jinoyatchilikning "mahallabay" muhokamasi o‘tkazildi

Muhokamada Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat prokurori Ulug‘bek Hamdamov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov, tuman sektor rahbarlari, viloyat 3 sektor shtabi aʼzolari, viloyat va tumanning tegishli tashkilot va korxonalar vakillari, mahalla yettiligi, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Bunda, sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularga omil bo‘layotgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilinib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar borasida so‘z yuritildi.

Mahallada kelgusida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida, "xonadonbay", "oilabay" va "fuqarobay" tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, keng jamoatchilik vakillari, korxona va tashkilot hamda mahallalar masʼullariga jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo‘yicha birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan ham tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, mahalladagi muammolarni o‘z vaqtida hal qilish, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollariga aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami bilan tizimli ish olib borish kerakligi to‘g‘risida topshiriqlar berildi.

Text to speech