Buxoro viloyati hududiy ichki ishlar organlari navbatchilik qismlari xodimlari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, sohaviy xizmatlari hamda hududiy ichki ishlar organlarining Navbatchilik qismlarida faoliyat olib boruvchi xodimlar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotda dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 31-dekabrdagi "Jinoyatlar, huquqbuzarliklar va boshqa hodisalarga oid ariza, xabar va maʼlumotlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish amaliyotini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qo‘shma qarorning mazmun-mohiyati yana bir bor batafsil tushuntirildi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining "Ichki ishlar organlari tizimida navbatchilikni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi buyruq talablari yuzasidan ham maʼlumotlar taqdim etildi.
Shu bilan birga, ichki ishlar bo‘limlari Navbatchilik qismiga kelib tushgan har bir murojaat yuzasidan o‘z vaqtida hodisa sodir bo‘lgan joyga tezkor-tergov guruhining yetib borishini taʼminlash borasida mavjud muammolar, yo‘l qo‘yib kelinayotgan kamchiliklar aniq misollarda tanqidiy muhokama qilinib, mazkur yo‘nalishda ish samaradorligini oshirishga doir ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Jarayonda xodimlarga xizmat intizomiga hamda qonunchilikka rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish, xizmat vazifasini bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatga taalluqli bo‘lmagan ishlarga aralashmaslik borasida qo‘shimcha yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Shuningdek, xizmat mobaynida poraxo‘rlik va taʼmagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatga sovuqqonlik bilan qaragan, vakolat doirasidan chetga chiqqan xodimlarga nisbatan keskin va qatʼiy choralar ko‘rilishi alohida taʼkidlandi.