Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari rahbarlarining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Vobkent tumanida o‘tkazildi
Bugun, 24 may kuni viloyat huquq tartibot organlari rahbarlari bilan birgalikda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Vobkent tumani aholisining sud-huquq masalalari bo‘yicha muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda tuman sektor rahbarlari, viloyat 3 sektor shtabi aʼzolari, Ichki ishlar boshqarmasining tegishli sohaviy xizmatlari rahbarlari bevosita qatnashdi.
Jrayonda ichki ishlar organlari yurituvida bo‘lgan surishtiruv va tergov harakatlariga oid, moddiy yordam hamda himoya orderi olishda ko‘maklashish mazmunidagi 10 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari birma ko‘rib chiqildi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Albatta, bu kabi sayyor qabullar tasdiqlangan grafik asosida navbati bilan barcha shahar va tumanlarda o‘tkaziladi.