22 May 2024 yil 854

Buxoro viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda Favqulodda vaziyatlar viloyat boshqarmasi yosh xodimlari va faxriylari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvda viloyat prokurori Ulug‘bek Hamdamov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, “Faxriylar kengashi” aʼzolari, boshqarma harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari bilan samimiy suhbat tashkil qilindi.

So‘zga chiqqanlar barcha sohalarda ham ustoz-shogird anʼanasi, kundalik xizmat faoliyatida ish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidlashdi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim yo‘nalishlariga davlat granti asosida belgilangan umumiy qabul kvotalarining besh foizi miqdorida qo‘shimcha qabul kvotalari ajratilib, 35 nafar harbiy xizmatchilarning farzandlariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar taqdim etildi.

Shuningdek, tadbir davomida bir qator harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech