19 Sentyabr 2023 yil 2176

Buxoro viloyati viloyati IIB boshlig‘i G‘ijduvon tumanida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarning xizmat faoliyatini o‘rgandi

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov G‘ijduvon tumanida bo‘lib, joriy yilning 18 sentyabr kunidan 19 sentyabr kuniga qadar tungi xizmatga jalb etilgan IIB xodimlari va boshqa hamkor tashkilot vakillari bilan uchrashib, ularning faoliyatini birma-bir o‘rgandi.

Jarayonda xizmatga jalb etilgan xodimlarning tungi vaqtda fuqarolar tinchligini va hudud osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, transport vositalari haydovchilarini hushyorligini oshirish hamda noqonuniy holatni oldini olish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Boshqarma boshlig‘i o‘rganishlari davomida tuman huquq-tartibot organlari rahbarlariga o‘z hududlarida hamkorlikda jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarini oldini olish, fuqarolar tinchligi va hudud osoyishtaligini taʼminlashga masʼul ekanliklarini taʼkidlab, G‘ijduvon tumanini jinoyatdan holi “yashil” hududga aylantirish borasida tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining bu kabi o‘rganishlari viloyatning boshqa shahar-tumanlarida ham davom etmoqda.

Text to speech