8 Fevral 2024 yil 1216

Buxoro viloyatida avtotransport vositalari oldi-sotdisi bilan bog‘liq firibgarlik holatlarini oldini olish maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Bugungi kunda "Bir zumda avtomobil egasiga aylaning" degan mazmunda fuqarolarni aldab, ularni chuv tushirib ketayotgan firibgarlar ko‘paygan.

Buxoro viloyatida shu kabi holatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining alohida topshirig‘iga asosan keng qamrovli profilaktik tadbirlarga start berildi.

Dastlab, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov boshchiligida tegishli sohaviy xizmatlar vakillaridan tashkil topgan yig‘ma otryad shakllantirilib, ularga amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Tizilgan ishchi guruhlar aʼzolari tomonidan Buxoro shahrida mavjud 44 ta avtomobillar sotuvi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda profilaktik uchrashuvlar o‘tkazilib, firibgarlik holatlarining oldini olish, uning jinoiy oqibatlari xususida tushuntirishlar berildi.

Bu boradagi tadbirlar Buxoro viloyati bo‘ylab davom etmoqda.

Text to speech