Buxoro viloyatida "Dolzarb 40 kun" oyligi doirasida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
Bugun, 21 noyabr kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, JXX boshlig‘i podpolkovnik Uktam Askarov, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Bobur Kamolov boshchiligida Kogon shahar va Kogon tumani hududiga “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, Prokuratura, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan tungi tezkor yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Bunda, xizmatga jalb qilingan xodimlarga jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda tungi vaqtlarda jamoat joyi va turli ko‘ngilochar maskanlarda maqsadsiz yurgan shaxslarni aniqlab, zaruriy profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish, ish samaradorligini oshirishga qaratilgan zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Oylik doirasidagi tadbirlar Buxoro viloyati bo‘ylab davom etmoqda.