19 Iyul 2024 yil 1455

Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan faoliyatlari davomida uchuvchisiz uchish apparatlari - drondan foydalanish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 2024 yil 19 iyuldan 25 iyulga qadar Respublika Aerogeodeziya markazi masʼul xodimlari tomonidan Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimida xizmat faoliyatini olib borayotgan 145 nafar profilaktika katta inspektorlariga uchuvchisiz uchish apparatlari - drondan foydalanish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlarida malakali mutaxassislar tomonidan uchuvchisiz uchish apparatlarining taktik-texnik xususiyatlarlari, ulardan xizmat vaqtida foydalanish tartiblari xususida tushunchalar berilmoqda.

Taʼkidlash joiz, profilaktika inspektorlariga drondan foydalanish uchun ruxsat berishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘z xizmat hududlarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, hududni ko‘zdan kechirish va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

Text to speech