Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘rtasida sportning “Sambo” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi
Ushbu musobaqada huquq-tartibot organlari xodimlaridan iborat 15 ta jamoadan 100 ga yaqin sport ustalari ishtirok etishdi.
Keskin va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqada umumjamoa hisobida faxrli 3-o‘rinni viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi jamoasi, faxrli 2-o‘rinni Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7536-harbiy qism jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ushbu musobaqaning barcha vazn toifalarida hamda umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning tantanali qismida so‘zga chiqqan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov bu kabi sport musobaqalarining o‘tkazilishi xodimlarning jismoniy va jangovar shayligini oshirishga hamda ular o‘rtasida do‘stona muhit shakllanishiga xizmat qilishini alohida taʼkidladi.
G‘olib jamoalar diplom, medal, boshqarma boshlig‘i kubogi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.