Buxoro viloyatida "Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” doirasida keng qamrovli profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda
Buxoro viloyatida ham o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus tezkor-profilaktik tadbirlariga 1.076 nafar ichki ishlar organlari, 2.757 nafar mahalla vakillari, 1.083 nafar hamkor idora va tashkilotlar xodimlari jalb qilindi.
Tadbirni samarali o‘tkazish maqsadida 544 ta mahallalarda jami 715 ta patrullik yo‘nalishlari tashkil etildi.
Shuningdek, tadbirlar davomida jami7.448 ta maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlanib, shulardan 276 nafariga nisbatan sud qarorlariga asosan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Profilaktika inspektorlarining vakolat doirasida 5.690 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lsa;
-MJtKning boshqa moddalari bilan 1.758 ta huquqbuzarliklar yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilishi taʼminlandi.
- 44 nafar nazoratsiz yurgan "Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi"ga joylashtirildi.
- 24 nafar yashash va ish joyi noaniq shaxslar Reabilitatsiya markaziga joylashtirildi.
Jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni tezkor qamrovga olish, ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida tadbir davomida 104 nafar spirtli ichimlikka ruju quygan shaxslar, 17 nafar giyohvandlar hamda 105 nafar ruhiy kasallar aniqlanib sog‘liqni saqlash muassasalariga joylashtirildi.
Profilaktika inspektorlari tomonidan 1.052 nafar jinoyatga moyil shaxslar aniqlanib, ichki ishlar organlari hisobiga olindi va ularga kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, hayotga moslashish maqsadida 1.052 nafar murabbiylar biriktirildi.
“Xavfsiz hudud” maxsus tezkor-profilaktik tadbirini o‘tkazish davomida ilgari sudlangan shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida 1.844 nafar ilgari sudlangan shaxslar yashash manzilidan tekshirilib, maʼmuriy nazorat qonuni taʼsiri doirasiga tushuvchi 47 nafar shaxslarga nisbatan maʼmuriy nazorat o‘rnatildi.
Viloyat hududida sodir etilgan jinoyat qidiruv sohasida sodir etilgan 112 ta jinoyatlarning 104 tasi fosh etildi. Tezkor tadbirlar davomida esa 48 ta jinoyatlar issiq izidan fosh etildi.
Sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlar sektor rahbarlari tomonidan aholi o‘rtasida keng muhokama qilindi.
Qidiruv tadbirlari davomida 15 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlanib, jazoning muqarrarligi taʼminlangan bo‘lsa, 15 nafar bedarak yo‘qolgan shaxslar aniqlanib, yaqinlari bag‘riga qaytarildi.
Maʼmuriy nazoratda turuvchi shaxslarni yashash joyidan tekshirish va ularga tegishli tartibda taʼsir choralarini ko‘rish borasida maʼmuriy nazorat qoidalarini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 206-moddasiga asosan
24 nafariga maʼmuriy choralar ko‘rildi hamda 3 nafar ilgari sudlangan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi JKning 226-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortildi.
Tadbir davomida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida mahallalarda va aholi gavjum joylarida 890 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Shu bilan birga, 52 marotaba gazeta va jurnallar hamda 154 marotaba radio va televideniyelar orqali hamda 851 marotaba ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar uyushtirildi.
"Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” doirasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.