6 Oktyabr 2024 yil 1978

Buxoro viloyatida "Keksalar haftaligi" doirasida Tezkor qidiruv xizmatining ustoz faxriylari, o‘rta hamda yosh avlod vakillari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi

Buxoro viloyatida "Keksalar haftaligi" doirasida Tezkor qidiruv xizmatining ustoz faxriylari, o‘rta hamda yosh avlod vakillari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrida “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash hamda 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida viloyat ichki ishlar organlarida “Keksalar haftaligi” tadbirlari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlar doirasida nuroniylarning holidan xabar olish, ularni moddiy, maʼnaviy hamda jismoniy qo‘llab-quvvatlash, hurmat-ehtirom ko‘rsatish va eʼzozlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, Tezkor qidiruv xizmatining keksa, o‘rta va yosh avlodi ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat sektor rahbarlari, Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, tezkor qidiruv xizmatining ustoz faxriylari, o‘rta avlodi hamda yosh xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda inson omiliga yuksak eʼtibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir aʼzosiga, jumladan mehnat faxriylariga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani alohida taʼkidlandi.

"Uch avlod uchrashuvi"da ichki ishlar organlarida samarali faoliyat olib borib bugun nafaqa gashtini surayotgan tezkor qidiruv xizmatining mehnat faxriylari ham so‘zga chiqib, hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, sohaning o‘ziga xos mashaqqatlari, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirishdi.

Shundan so‘ng, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni hayotga izchillik bilan tatbiq etish borasidagi samarali xizmatlari, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi faol ishtiroki, yosh avlodni vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi hamda 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan, isteʼfodagi podpolkovnik Rajabov Erkin Saidovich “Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni bilan, isteʼfodagi mayor Toshov Sattor Toshnazarovich esa  Ichki ishlar vazirligining esdalik qo‘l soati bilan munosib taqdirlandilar.

Shu bilan birga tadbir davomida viloyatimizda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlashda jonbozlik ko‘rsatayotgan bir guruh xodimlar viloyat hokimi, viloyat prokurori ham viloyat ichki ishlar boshqarmasining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida sanʼat ustalarining chiqishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Mana shunday shukuhli kun, fayzli oqshomda birga kechgan onlari, olgan olam-olam taassurotlari fotosuratlarga muhrlandi. Chunki aynan shu kechada barcha uchun yangi marralar belgilab olindi, Yangi O‘zbekiston uchun yangi tashabbuslar, g‘oyalar ilgari surildi. Ular esa shubhasiz real hayotiy natijalarga aylanib, yurtimiz taraqqiyotining yana-da baland cho‘qqilarga olib chiqilishida, jamiyatimizni jinoyat va huquqbuzarliklardan xoli qilishga xizmat qiladi.

Text to speech