Buxoro viloyatida “Payshanba huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirlari doirasida keng ko‘lami chora-tadbirlar amalga oshirildi
Tadbirlarga viloyat miqyosida jami 2098 nafar, shundan 955 nafar ichki ishlar organlari xodimlari, 55 nafar boshqa huquqni muhofaza etuvchi organlar xodimlari va jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishdi.
Ushbu kuni aholi gavjum bo‘lgan joylarda alohida 163 ta patrullik yo‘nalishlari tashkil etildi.
Jami 965 nafar profilaktik hisobda turuvchi shaxslar jumladan, 297 nafar muqaddam sudlanganlar, 212 nafar voyaga yetmagan huquqbuzarlar hamda 456 nafar boshqa toifadagi shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, takroriy jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida alohida profilaktik-ogohlantiruv ishlari olib borilib, aniq yashash va ish joyiga ega bo‘lmagan qarovsiz va nazoratsiz qolgan 15 nafar voyaga yetmaganlar IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi.
Tadbir davomida aniqlangan jami 548 ta turli ko‘rinishdagi maʼmuriy huquqbuzarliklar yuzasidan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Shu bilan bir qatorda, jami 287 nafar uzoq muddatga ketgan shaxslar aniqlanib, bu toifa shaxslarning maxsus dasturiy tizim tarmog‘ida bor-yo‘qligiga aniqliklar kiritildi va jami 183 nafar yashash joyiga qaytib kelgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Tadbir doirasida mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida 37 ta obyektlarda videokuzatuv moslamalarining o‘rnatilishi taʼminlandi.
O‘tkazilgan tadbirlar jarayonida viloyat hududidagi jami 3724 ta xonadonlar o‘rganilib, 5 nafar pasport-viza qoidasini buzgan shaxslar aniqlandi.
Tadbirning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida aholi o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 681 marotaba targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilib, fuqarolarni hushyorlikka daʼvat qilish choralari ko‘rildi.
Jumladan, 187 ta korxona va tashkilotlarda va 3548 ta mahallalarda aholi qatlamlari o‘rtasida taʼsirchan rukndagi tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, viloyat bo‘yicha 246 ta umumiy o‘rta taʼlim maktablarida bir vaqtning o‘zida “Davomat” tadbirlari o‘tkazilib, dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan 731 nafar o‘quvchilar aniqlandi.
Darslarga sababsiz qatnashmagan o‘quvchilarning 635 nafarining yashash xonadoniga borilib, ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, 75 nafar ota-onalarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari, viloyat hududida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida taʼlim muassasalarida “Tig‘” tadbirlari ham o‘tkazilib jami 74 nafar o‘quvchilarda olib yurish taqiqlangan tig‘li jismlar borligi aniqlandi.
Shu bilan birga, viloyat tuman (shahar) IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tomonidan ichki ishlar organlari hisobida turuvchi 60 nafar xotin-qizlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularning mavjud muammolari o‘rganildi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash hisobida turgan xotin-qizlarni 38 nafar nizoli oilalardagi 30 nafar xotin-qizlar bilan mahalliy hokimlik vakillari bilan hamkorlikda profilaktik tushuntirishlari olib borilib, 4 ta oilalar yarashtirildi.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning murojaatiga asosan 54 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berildi. Order berilishi natijasida, 24 ta oila yarashtirildi, 30 ta nizolar bartaraf etildi.
Bu kabi keng qamrovli profilaktik tadbirlar "fuqarobay", "oilabay", "xonadonbay" va "mahallabay" tartibda shahar va tumanlar kesimida izchillik bilan davom ettirilmoqda.