29 Aprel 2025 yil 301

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida aholi muammolari yechimiga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy sahifalarida xabar berganimizdek, bugun  Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi masʼullar tomonidan olis hududlar aholisi uchun yana-da qulaylik yaratish, ularning sud-huquq hamda ichki ishlar organlari kundalik faoliyati bilan bog‘liq mavjud muammolariga yechim topish, murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgangan holda hal etish maqsadida, G‘ijduvon tumanining "Armechan" mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Bunda 25 dan ortiq fuqarolarning turli xil masalalardagi murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Aholining ijtimoiy-maishiy, ichki ishlar organlarining kundalik faoliyatiga doir hamda surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov harakatlari bilan bog‘liq murojaatlari yuzasidan aniq va manzilli choralar ko‘rilib, asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech