7 May 2025 yil 301

Buxoro viloyatining Romitan tumanida davlatimiz rahbarining PQ-1-sonli Qarori ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi

Rasmiy sahifalarimizda xabar berib borayotganimizdek, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi masʼullar bevosita hududlarda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kunidagi "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Qarori ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rganmoqda.

Xuddi shu maqsadda Romitan tumanida ham navbatdagi o‘rganishlar amalga oshirildi.

Dastlab, o‘tgan hisobot yilida “qizil toifa” ga kirgan Afrosiyob MFY da bo‘lgan masʼullar, Amir Temur ko‘chasida "Namunali xavfsiz ko‘cha” va “Namunali xavfsiz yo‘lak” loyihalari doirasida amalga oshirilgan ishlarni joyiga chiqib ko‘zdan kechirishdi. Shundan so‘ng, mahalla binosida “yettilik” vakillari ishtirokida PQ-1-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 801-sonli Qarorlari talablari asosida hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarning natijadorligi, mavjud muammolar hamda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar birma-bir muhokama qilindi.

Shuningdek, bugungi kunda “Buxoro tajribasi” asosida profilaktika katta inspektorlarining xizmat faoliyatida foydalanish uchun berilgan uchuvchisiz apparat (drondan) lardan foydalanish amaliyoti, dastlabki natijalar, ushbu qurilmaning afzalliklari va mavjud muammolar ham yaqindan o‘rganildi.

O‘rganishlar yakunida odatdagidek, tuman hokimligida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. Bunda joriy yilning 22-29 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida olib borilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi yakunlari yuzasidan o‘tkazilgan yakuniy yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.

Tanqidiy-tahliliy, yuzma-yuz ochiq muloqot tarzida o‘tgan yig‘ilishda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan sohaviy xizmatlar masʼullarining amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Jarayonda, tumanda joriy yilning bugungi kuniga qadar qayd etilgan huquqbuzarlik hamda jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, omil bo‘lgan shart sharoitlar, jinoyatlarning turlari, sodir etgan shaxslarning toifalari kesimida chuqur tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilab berildi.

Shu bilan birga, Ichki ishlar vazirining alohida Farmoyishi asosida Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida Romitan tumanida amalga oshirilgan ishlar va natijalar ham birma-bir ko‘rib chiqildi.

Yakunda, 2 nafar xizmat soha rahbarini egallab turgan lavozimidan ozod etish, bir qator ish ko‘rsatgichlari past xodimlarni intizomiy jazolash, 5 nafar yuqori natijaga erishgan xodimlarni rag‘batlantirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi hamda shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, qonunbuzarliklarni oldini olishga doir profilaktik ogohlantiruv va tushuntirish ishlari ham olib borilib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan intizom buzish holatlari aniq misollarda ular eʼtiboriga yetkazildi.

O‘rganish va yakuniy yig‘ilish davomida aniqlangan har bir masala hamda muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼul rahbarlarga manzilli topshiriqlar berilib ijrosi alohida nazoratga olindi.

Bu kabi o‘rganishlar viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham izchillik bilan davom etmoqda.

Text to speech