23 Iyul 2025 yil 2421

Buxoro shahridagi «Varaxsha» mahallasida kriminogen vaziyatni yaxshilash, aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish borasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi

Mahalla fuqarolar yig‘ini binosida boshlangan o‘rganishlar davomida “mahalla yettiligi” faoliyati, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholi farovonligini oshirish, aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi muammolarni hal qilish, xotin-qizlar va yoshlar, migratsiyadagilar bilan manzilli ishlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida mahalla masʼullarining axborotlari tinglandi.

Jarayonda odamlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mahallada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining daromadi va farovonligini oshirish, pirovardida jinoyatchilikka barham berish zarurligi qayd etildi. 

Shuningdek, mahalladagi ishsiz fuqarolar bilan birma-bir suhbat o‘tkazildi. Ularning qiziqishiga qarab daromadli ish o‘rinlari taklif qilindi.

Fuqarolar asosan ish bilan taʼminlash, moddiy yordam, uy-joyni kadastr qilish, kredit ajratish kabi masalalarda murojaat yo‘llashdi.

Murojaatlarning aksariyati joyida o‘z yechimini topdi, vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng mutasaddilar, “mahalla yettiligi” va boshqa masʼullar bilan birgalikda kam taʼminlangan oilalarning turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi. Oila vakillari bilan muloqot qilib, ularning muammolarini o‘rganishdi.

Mahallaning ko‘p qavatli binolari ko‘chalarini ko‘zdan kechirish jarayonida, PQ-1 son qaror talablari asosida xavfsiz yo‘lak talablarining bajarilganligi ham o‘rganildi.

Bu kabi o‘rganishlar Buxoro viloyatining boshqa barcha mahallalarida davom ettiriladi.

Text to speech