Buxoroda 25 – oktyabr “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” keng tantana qilindi
25 – oktyabr “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Buxoro viloyati IIB va uning hududiy organlarida xizmat qilayotgan fidoyi xodimlar, sohada uzoq yillar samarali mehnat qilib bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan bir guruh faxriylar ishtirok etdilar.
Tantana avvalida ichki ishlar organlari xodimlarining sharafli va mashaqqatli xizmatlari alohida eʼtirof etildi.
So‘zga chiqqan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.
Tadbirda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shu kuni bayram munosabati bilan IIV, viloyat hokimi, prokuratura va Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining minnatdorchiligi va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, jamoat tartibini saqlash bilan bir qatorda viloyatimiz hududida olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan fidoyi xodimlarning bir guruhiga 25 oktyabr – “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan ko‘krak nishonlar, qimmatbaho sovg‘a va “Faxriy yorliq”lar topshirildi.
Sanʼat namoyondalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.