16 May 2024 yil 898

Buxoroda 42.000 AQSH dollariga baholangan noqonuniy yer savdosining oldi olindi

Jondor tumanining Darveshi mahallasida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan A.R. Buxoro shahrida yashovchi fuqaroga o‘zi istiqomat qilib kelayotgan mahallada joylashgan tuman hokimlik zaxira balansida turgan 0,62 gektar yer maydonini o‘zining Davlat kadastrlar palatasi Jondor tuman filialida ishlovchi vakolatli tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, evaziga 42.000 AQSH dollari talab qiladi.

Joriy yilning 15 may kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida A.R. talab qilingan pullardan bo‘nak sifatida 20.000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor surishtiruv hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar yer, uy-joy, ko‘p qavatli uylardan xonadon va boshqa ko‘chmas mulklarni xarid qilishda o‘ta ehtiyot bo‘ling, firibgarlar domiga tushib, misqollab yiqqan mablag‘laringizdan ayrilib qolmang!

Text to speech