Buxoroda haydovchilik guvohnomasini qing‘ir yo‘llar bilan olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Buxoro viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquq tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Olot tumanida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan E.O. ismli shaxs boshqa bir fuqaroni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, uning tanishiga «B» toifali haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘ladigan imtihondan vakolatli tanishlari orqali muvaffaqiyatli o‘tkazib berishni va'da qilib, evaziga firibgarlik yo‘li bilan 450 AQSH dollari talab qiladi.
2023-yil 6-iyun kuni taxminan soat 15:30 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida M-37 avtomobil yo‘li yoqasida fuqaro R.X. dan kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.