2 May 2024 yil 2129

Buxoroda yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoiy holatga chek qo‘yildi

2024 yilning 29 aprel kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan DXX Buxoro viloyati boshqarmasi hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1966 yilda tug‘ilgan Buxoro shahrida yashovchi Masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari, Romitan tumani hokimligi tomonidan intensiv bog‘ tashkil qilish maqsadida 10 yil muddatga ijaraga berilgan 35.0 gektar yer maydonini o‘zining vakolatli tanishlari orqali bir fuqaroning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga, 34.500 AQSH dollari talab qilib, 30.000 AQSH dollari va 20.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech