2 May 2024 yil 2032

Buxoroda giyohvandlik moddalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

2024 yilning 26 aprel kuni, Buxoro viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi, DXX hamda Bojxona viloyat boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, G‘ijduvon tumanida yashovchi shaxs boshqa bir fuqaroga 2.000.000 so‘m evaziga 2 dona gugurt qutisiga solingan, umumiy vazni 10,5 grammga teng bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, qo‘lga olingan fuqaroning bergan ko‘rsatmasiga asosan Buxoro shaxrining Suvchilar ko‘chasida yashovchi shaxsning yashash xonadoni hamda yordamchi binolari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning tomarqa yerida jami 31 tup “Kannabis” giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.

Bundan tashqari ushbu fuqaroga tegishli bo‘lgan xonadonda kechiktirib bo‘lmas tintuv tergov harakati o‘tkazilganda 215 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutiga hamda alohida polietilen paketga solingan umumiy vazni 1 kg 920 grammga teng bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi va polietilen paketga solingan quritilgan xoldagi umumiy vazni 255 grammga teng bo‘lgan “Kannabis” giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273 moddasi 5 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlan qilinuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.

Hozirgi kunda mazkur jinoiy guruhning boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor surishtiruv hamda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech