27 May 2025 yil 1238

Buxoroda xalq bilan yuzma-yuz muloqot: Respublika ishchi guruhining ommaviy sayyor qabullari davom etmoqda

Rasmiy sahifalarimizda xabar berib borayotganimizdek, Respublika ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Bugun, 27 may kuni navbatdagi ommaviy sayyor qabul Buxoro tumanidagi “Yosh paxtakor” oromgohida bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat IIB masʼullari ham tomonidan ham Buxoro, Romitan va Peshku tumanlari aholisining sud-huquq, ichki ishlar organlari faoliyatiga doir murojaatlari birma bir ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning joyida hal etilishiga alohida ahamiyat qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etgan masalalar yuzasidan manzilli choralar belgilandi.

Bu kabi sayyor qabullar orqali aholi bilan ochiq va samarali muloqot o‘rnatish, odamlarning hayot sifatini yaxshilash va ularning huquq hamda manfaatlarini ishonchli taʼminlash uchun o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Tasdiqlangan grafik asosida ommaviy sayyor qabullar davom etadi.

Text to speech