5 Mart 2023 yil 500

Buxoroda “Xavfsiz hayot uchun” velo va piyoda yurish marafonini o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Xavfsiz hayot uchun” marafonini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan Bugun 5 mart kuni, Respublikamizning barcha hududlarida, jumladan Buxoro shahrida “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostida velosport hamda tez yurish marafonlari o‘tkazildi.

Marafonda viloyat huquq-tartibot organlari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, yoshlardan iborat 5000 mingdan ortiq sport ixlosmandlari ishtirok etdilar.

Unda Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov so‘zga chiqib, bugun mamlakatimizda fuqarolarning salomatligini mustahkamlash, keng jamoatchilik o‘rtasida sportni ommalashtirish, barcha yoshdagilar jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari uchun hamda oilalarda sog‘lom turmush tarzi poydevorini shakllantirish uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida to‘xtalib, sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sport bilan shug‘ullanish har bir IIO xodimlarining xizmat faoliyatida muhim o‘rin egallashini taʼkidladi.

Bellashuv Buxoro shahridagi “Sitora” istirohat bog‘idan, “Ark” qo‘rg‘oni hududigacha bo‘lgan 3 km masofada bo‘lib o‘tdi.

Marraga birinchi bo‘lib kelgan g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar hamda taqdirlanadilar.

Text to speech