18 May 2024 yil 897

Buxoroda xavfsiz sayyohlik muhitini yaratish borasida Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan tunu-kun xizmat tashkil qilingan

Qadim Buxoroi sharif o‘zining sharqona jozibasi hamda jilosi bilan hamisha xorijiy hamda mahalliy sayyohlar diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.

Yiliga millionlab sayyohlar qadim tarixni o‘zida aks ettirgan obidlarni ko‘rish uchun tashrif buyurishadi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan turizm namoyishi obyektlari bo‘ylab sayyohlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, xavfsiz sayyohlik muhitini yaratish, mehmondo‘stlik fazilatlarini namoyon etib, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Bundan tashqari, sayyohlar tomonidan bo‘lgan har qanday murojaatlar o‘z vaqtida hamda ijobiy hal etilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar o‘zining ijobiy samarasini berib, sayyohlar hamisha minnatdor bo‘lishmoqda.

Bu esa o‘z navbatida viloyatning turizm salohiyatiga o‘zining ijobiy taʼsirini ko‘rsatmoqda.

Text to speech