2 Dekabr 2022 yil 1748

Buxoroda IIB binosida fuqaro vafot etgani bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan maʼlumot yuzasidan rasmiy xabar

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan 1985 yil Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug‘ilgan fuqaro H.Q.ning o‘limiga oid turli talqinlar tarqalmoqda.

Maʼlum qilamizki, joriy yilning 28 noyabr kuni Buxoro shahar IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-son IIB Tergov guruhi yurituvida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha, guvoh tariqasida jalb etilgan fuqaro Q.H. soat taxminan 15.00 larda Buxoro shahar 4-son IIB ga jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishish uchun kelgan, ammo tergovchining xizmat vazifasi bilan boshqa joyda bo‘lganligi sababli IIB binosiga kirmasdan qaytib ketgan.

Fuqaroni IIB binosiga kirmasdan ketgan holati videotasvirga muhrlangan.

Shundan so‘ng fuqaro Q.H. 80 Z 015 OA D/rMatiz” taksi avtomashinasini to‘xtatib, uni Buxoro shahridagi “Fayziobod” jome masjidiga olib borishini so‘ragan. Yo‘lda, fuqaro Q.Hning sog‘lig‘i yomonlashib, og‘zidan ko‘pik chiqib, xushini yo‘qotgan. Haydovchi xushsiz yo‘lovchini tezkorlik bilan Buxoro shahar kasalxonasiga olib borgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan fuqaro Q.H. shu kuni soat taxminan 21.00 larda kasalxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Sud-tibbiyot ekspertizasining birlamchi xulosasiga ko‘ra o‘lim “Tutqanoq sindromi, o‘pka va miyaga kislorod o‘tkir yetishmovchiligi” oqibatida yuz bergan. Tekshiruv jarayonida murdani badanida hech qanday tan jarohatlari aniqlanmagan.

Holat Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech