Buxoroda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” bosh g‘oyasi asosida qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda
Yurt obodligi, xalq farovonligi yo‘lida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barcha hududlarda aholi va davlat idoralari xodimlariga qulay sharoit yaratish maqsadida barpo etilayotgan zamonaviy uy-joylar, taʼlim muassasalari, mahalla va huquq-tartibot maskanlari, tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalari kabi qator xizmat ko‘rsatish shoxobchalari yangicha qiyofa kasb etmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida ham “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida xodimlar va ularning oila aʼzolari, soha faxriylarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa ularning dam olishlari, salomatligini tiklash va davolash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bunga, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tibbiyot bo‘limi tarkibida tashkil etilayotgan “To‘dako‘l” reabilitatsiya markazi yorqin misol bo‘la oladi.
Bugun, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev mazkur dam olish obyektida bo‘lib, bunda jadal surʼatlarda olib borilayotgan qurilish, taʼmirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishib, mutasaddilarga o‘zining bir qator taklif hamda tavsiyalari va ko‘rsatmalarini berdi.