Buxoroda “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida xodimlar ishtirokida jangovar qurollardan amaliy o‘q otish musobaqasi o‘tkazildi
Davlatimiz rahbarining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Farmoni ijrosi hamda o‘tkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida jangovar qurollardan amaliy o‘q otish bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va jismoniy faollik oshirish, maxsus vositalarni qo‘llash hamda jangovar shayligiga doir ko‘nikmlarini yanada mustahkamlashni maqsad qilgan musobaqa murosasiz va bahslarga boy tarzda o‘tdi.
Bunda, erkak xodimlar o‘rtasida:
1-o‘rinni kapitan Farrux Eshonov,
2-o‘rinni mayor Samixjon Nosirov,
3-o‘rinni safdor Nazirjon Almamatov qo‘lga kiritdi.
Shahodatlangan ayol xodimalar o‘rtasidagi bahslarda esa:
1-o‘rinni podpolkovnik Nasiba Fatullayeva,
2-o‘rinni leytenant Nigina Ibodova,
3-o‘rinni kapitan Madina Nasibullayevalar egalladi.
G‘oliblar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.