30 Sentyabr 2022 yil 638

Buxoroda kriminogen vaziyati og‘ir “qizil toifali” mahalla jinoyatchiligi joyida muhokama etildi

Xabaringiz bor, viloyat 3-sektor rahbari, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning natijadorligi, ayniqsa, kriminogen vaziyati og‘ir, jinoyatlar ko‘p sodir etilgan “qizil” toifali mahallalarga borib, jinoyatchilik holatini joyida muhokama qilib bormoqda.

Jumladan, bugun, 30 sentyabr kuni jinoyatchilikning navbatdagi “mahallabay” muhokamasi Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev hamda Davlat Soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Mamatxanovlar tomonidan viloyat IIB mutasaddi rahbarlari hamda G‘ijduvon tumani hokimi, qator masʼullar, mahalla mutasaddilari va keng jamoatchilik ishtirokida kriminogen vaziyati og‘ir deya baholangan tumanning 4-sektoriga qarashli “Bobur” mahallasida o‘tkazildi.

Mazkur mahallada joriy yilning bugungi kuniga qadar jami 3 ta o‘g‘irlik, giyohvandlik vositasini saqlash va qotillik kabi jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, ushbu mahalla “qizil mahalla” toifasiga kiritilgan.

Boshqarma boshlig‘i masʼullar ishtirokida o‘tkazgan muhokama jarayonida mahallada sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining hisobotlarini tingladi. Jinoyatlarning sabablari va uning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlarni birma-bir tahlil qildi.

Muhokamada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida sektor rahbari, mahalla mutasaddilari, profilaktika inspektori va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Mahallada kelgusida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi, ayniqsa oila turmush doirasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish maqsadida, “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi, hududiy Ichki ishlar bo‘limining tajribali xodimlaridan iborat yig‘ma otryad faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Text to speech