3 Iyun 2024 yil 800

Buxoroda “Qoradori 2024” tezkor profilaktik tadbirlari davomida giyohvandlik moddalari bilan noqonuniy muomala qilishga doir yana bir nechta holatlar fosh etildi

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining alohida farmoyishi asosida viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida “Qoradori-2024” tezkor profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu kabi tadbirlar davomida giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq o‘nlab jinoyatlar aniqlanganligini rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib bormoqdasiz. Navbatdagi tezkor tadbirlar davomida ham bir qator jinoiy holatlarga chek qo‘yildi.

Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida Buxoro shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan shaxs bir fuqaroga ikki dona “Spichki” yozuvli gugurt qutiga qadoqlab solingan, sof vazni 0.28 grammga teng bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik vositalarini 600.000 so‘m naqd pul evaziga sotgan vaqtida ushlangan.

Buxoro shahrida o‘tkazilgan yana bir tadbir davomida 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zi yashab kelayotgan yashash xonadoni tomorqasida ikki tup “Kannabis” o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, yetishtirib kelayotgani aniqlangan.

Buxoro shahridagi uchinchi holatda esa 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zi yashab kelayotgan Buxoro shahrining Gulchorbog‘ mahallasida joylashgan yashash xonadoni tomorqasida tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan 513 tup “Ko‘knor”, 20 tup “Kanabbis” o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib parvarishlab kelayotganligi hamda bir dona yelim idish ichida quritilgan holdagi sof vazni 10,35 grammga teng bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgani aniqlangan.

Buxoro shahrida o‘tkazilgan to‘rtinchi tezkor tadbir davomida 1954 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining yashash xonadoni ichki tomorqa yerida 9 tup “Kannabis” o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlangan.

Buxoro shahrida o‘tkazilgan navbatdagi beshinchi tadbirda 1964 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zi istiqomat qiluvchi Buxoro shahrining Qalqon ko‘chasida joylashgan tomorqa yerida tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan 62 tup “Kannabis” o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Shofirkon tumanda o‘tkazilgan tadbir davomida esa, tumanning Chandir mahallasida yashovchi fuqaro o‘zining yashash xonadoni ichidagi ustaxonada “Marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Shofirkon tumanidagi keyingi tadbirda tumanning Denov mahallasida yashovchi shaxs yashash xonadoni ekin yerida ikki tup “Kannabis” o‘simliklarini qonunga xilof ravishda yetishtirib kelayotganligi aniqlangan.

Vobkent tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tumanning Changaron mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyi ko‘zdan kechirilganida, u hovlisidagi tomorqa yerining maydonida ikki tup “Kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan.

Vobkent tumanidagi ikkinchi tezkor tadbir davomida tumanning Mirvoshi mahallasida istiqomat qiluvchi, fuqaro o‘zi yashab kelayotgan hovlining tomorqa yerida olti tup “Kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan.

Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida esa tumanning Geofizika mahallasida yashovchi fuqaro yashash xonadoni tomorqa yerida 8 tup “Ko‘knor” o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Qoradori 2024” tezkor profilaktik tadbirlari davom etmoqda.

Text to speech