10 Iyun 2023 yil 558

Buxoroda Post-patrul xizmati uchun zamonaviy elektromobillar topshirildi

Bugun, 10-iyun kuni IIV JXD boshlig‘ining o‘rinbosari — JTSBB boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Ibragimov hamda viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev tomonidan Buxoro shahar hududi bo‘ylab “Xavfsiz hudud” tadbiriga jalb qilingan Ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, Milliy gvardiya, FVB xodimlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan tezkor yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Bunda, kunlik xizmatga jalb qilingan xodimlarga fuqarolar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda ularning jamoat joyi va turli ko‘ngilochar maskanlarida maqsadsiz yurishlarini bartaraf etish samaradorligini oshirishga qaratilgan zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shu kuni yo‘riqnoma davomida davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 27-sonli Farmoni talablari ijrosi yuzasidan viloyat IIB JXX JTSB Patrul-post xizmati batalyoniga xizmatda foydalanish uchun 5 ta eng so‘nggi zamonaviy “Elektromobillar” topshirildi.

Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishga vijdonan yondoshib, o‘zlarining samarali xizmatlari bilan viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh qilish, huquq-tartibotni mustahkamlash borasida jonbozlik ko‘rsatib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotganliklari munosabati bilan 14 nafar viloyat IIB JXX JTSB Patrul-post xizmati batalyon xodimlari pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Text to speech