15 Iyun 2024 yil 1849

Buxoroda o‘tkazilayotgan “qidiruv” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari o‘z samarasini bermoqda

Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining alohida Farmoyishiga asosan viloyat hududida jinoyat sodir sodir yetganlikda aybli deb topilib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan shaxslarni ushlab, jazoning muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan hamkorlikdagi “qidiruv” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari harakatga keltirilgan. Ushbu tadbirlar davomida javobgarlikdan yashirinib yurgan bir nechta shaxslar qo‘lga olindi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 122-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib qidiruv eʼlon qilingan, Olot tumanining Qumkashon mahallasida ro‘yxatda turuvchi N.R. viloyat IIB Patrul post xizmati batalyoni xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida ushlanib, 4-son Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Ikkinchi holat: O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 122-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Vobkent tuman sudi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan, tumanning Nayman mahallasida ro‘yxatda turuvchi, R.D. tuman IIB Probatsiya guruhi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbiri davomida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani hududida ushlandi va 4-sonli tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Uchinchi holat: O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 168-moddasi 3-qismi “b” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, tergov organidan yashiringanligi uchun, Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan, Romitan tumani Xosa mahallasida ro‘yxatda turuvchi X.S. Romitan tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari davomida, AQSH davlati Nyu York shahrida ekanligi aniqlandi.

“Qidiruv” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari davom etmoqda.

Text to speech