7 Yanvar 2023 yil 660

Buxoroda o‘g‘irlikni o‘ziga kasb qilib olgan jinoiy guruh fosh etildi

2023-yil 3-yanvar kunidan 04 yanvar kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Buxoro shahrida yashovchi H.D ismli ayolning Buxoro tumani Rabotiqalmoq mahallasida joylashgan atrofi tunuka profili bilan o‘ralgan qo‘yxonasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirishib, bahosi 7.500.000 so‘mlik 4 bosh qo‘ylarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, nomaʼlum tomonga yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi J.K ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan kechiktirib bo‘lmas tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi O.X., M.R., V.R., Z.R., U.H. va Sh.P. ismli shaxslar oldindan til biriktirib, bir jinoiy guruhga birlashib, vazifalarni o‘zaro bo‘lishgan holda sodir qilganliklari aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirgi kunda ushbu jinoiy guruh tomonidan viloyatimizning boshqa bir qator tumanlarida sodir etilgan xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlari yuzasidan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech