16 May 2024 yil 854

Buxoroda o‘z xonadonida g‘arazli maqsadda 1000 tup tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni ekib parvarishlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

Viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli “Qoradori-2024” tadbirlari doirasida joriy yilning 13 may kuni olingan tezkor maʼlumot asosida Buxoro tumani Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori tomonidan tumanning Shergiron mahallasida yashovchi 1951 yilda tug‘ilgan Sh.R.ning yashash xonadoni hamda yordamchi xo‘jaliklari va ularga tutash tomorqa yerlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Shunda ushbu hovlining tomorqa yer maydonida xonadon egasi tomonidan 7 tup "Kannabis" va 973 tup “Ko‘knor” giyohvandlik vositasi o‘simliklari ekib, parvarishlab kelinayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor surishtiruv hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech