27 Aprel 2024 yil 2606

Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibiy bo‘linmalari xodimlari Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining “Ichki ishlar vazirligi tizimidagi kasaba uyushmalarining faoliyatini takomillashtirish: muammo va yechimlar” mavzusidagi amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi

Amaliy o‘quv seminarida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi masʼul xodimlari, Kasaba uyushmalari Buxoro viloyati kengashi tajribali mutaxassislari hamda Ichki ishlar vazirligi kasaba uyushma qo‘mitasi rahbarlarining maʼruzalari tinglandi.

Shuningdek, o‘quv seminari dasturi asosida viloyatlarning tajribali kasaba uyushmalari xodimlari ham o‘z maʼruzalari bilan faol ishtirok etdilar.

Ikki kun davom etgan mazkur o‘quv seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari qo‘mita raislari va hisobchilari kelgusida kasaba uyushmalari qo‘mitalari ularning boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yana-da takomillashtirish borasida o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.

Amaliy o‘quv seminar natijasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi.

Mazkur seminar bahs va munozaralarga boy bo‘lib Ichki ishlar vazirligi tizimidagi kasaba uyushmalari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Text to speech