15 May 2024 yil 527

Buxoroda joriy yilning 19 may kuni “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy, vatanparvarlik va sport tadbirlari doirasida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi

“Yoshlar jinoyati va huquqbuzarligidan holi mahalla” nominatsiyasi;

– “Yoshlarga eng ko‘p yordam ko‘rsatgan tadbirkor” nominatsiyasi;

– “Xavfsiz va ravon yo‘l” nominatsiyasi;

– “Ichki ishlar vaziri kubogi” voleybol bo‘yicha sport musobaqasi;

– “Zakovat” intellektual o‘yinlari;

– “Dillarda vatan madhi” shiori ostida qo‘shiq tanlovi;

– “Dillarda vatan madhi” shiori ostida sheʼriyat tanlovi;

– “Yosh huquqshunos” ko‘rik-tanlovi.

Yugurish starti soat 8:00 da boshlanadi. G‘olib va sovrindorlar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Tadbirda qatnashish mutlaqo bepul. 23 iyun kuni tadbirning yakuniy bosqichi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirga yuqorida aytib o‘tilgan 8 ta nominatsiya va ko‘rik-tanlovlarning respublika g‘oliblari taqdirlanadi hamda konsert dasturi namoyish etiladi.

Text to speech