21 May 2025 yil 3649

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi safdorlik lavozimlariga ishga tanlov eʼlon qiladi

Lavozimlar tarkibi: Safdorlar

 Eʼlon berilgan sana: 21.05.2025 yil

 Bo‘sh ish o‘rinlar soni: 100 ta

 Eʼlon tugash sanasi: 31.05.2025 yil

 Maʼlumoti bo‘yicha: Oliy taʼlim bakalavriat

 Lavozimi: Safdorlik

 Talab etilgan bo‘y: Erkaklar uchun: 170 sm va undan yuqori

 Jins turi: Erkak

 Yosh chegarasi: 18 yoshdan kichik bo‘lmagan 30 yoshdan katta bo‘lmagan

 Nomzodlar bog‘lanishi uchun telefon raqamlar: +998 90 613 52 32     +998 91 401 41 19

 Umumiy talablar:

-  Buxoro viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan va Respublikaning boshqa hududlarida joylashgan ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagida bo‘lgan fuqarolar (Izoh: hozirgi kunda Buxoro viloyati IIBda bo‘sh ish o‘rinlari yo‘qligi, biroq ushbu hududdan ichki ishlar organlariga qabul qilish bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushayotganligi sababli);

- Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonun va unga oid qonunosti hujjatlarda belgilangan talab va mezonlarga javob beruvchi fuqarolar;

-  Buxoro viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar;

 Talab etiladigan imtiyozlar:

- Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan fuqarolar;

- Oliy taʼlim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlagan fuqarolar

- Sport musobaqalarining (Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) individual turlarida g‘olib chiqqan fuqarolar;

- Talabalar, magistrlar yoki doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan fuqarolar;

 - Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari;

 Lavozimning faoliyat yo‘nalishi va vazifalari:

 Xizmat hududlarida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish, xizmat hududlaridagi kriminogen vaziyatni tahlil qilgan holda huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish, ekstremal vaziyatlarda, ayniqsa, terrorchilik harakatlari va boshqa og‘ir jinoyatlar sodir etilganda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha doimiy jangovar shaylikni taʼminlash, huquqni muhofaza qilivchi va o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan hamkorlikni taʼminlash.

Text to speech