3 Fevral 2020 yil 2222

Buxoro delegasiyasi tajriba almashish uchun xorijiy davlatlarda bo'lib turibdi

Ayni kunlarda Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari B.Z.Shahriyorov rahbarligidagi delegasiya a'zolari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo'lib turishibdi. Delegasiya tarkibida viloyat IIB boshlig'i polkovnik Sh.H.Aliev va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari mavjud. Tashrifdan ko'zlangan maqsad "xavfsiz shahar", xavfsiz turizmni ta'minlash bo'yicha xorijiy tajribani o'rganishdan iborat. Delegasiya a'zolari Dubay shahridagi 2 ta "Smart polisiya Steyshn" (SPS)ning ish tartibi va mexanizmi, tizimda joriy etilgan zamonaviy va innovasion texnologiyalar bilan tanishdilar.

Shuningdek, tomonlar "Bukhara city" qurilishi masalalarida ham muzokaralar olib borishmoqda. Tashrif davom etadi.

Text to speech