22 Fevral 2023 yil 464

Buxoro hamda Vobkent tumanlari IIB shaxsiy tarkibi va soha faxriylariga qaror mazmun-mohiyati batafsil yetkazildi

Maʼlumki, davlatimiz rahbarining joriy yil 20-yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi tegishli Qarori ijrosi talablarini shaxsiy tarkibga yetkazish hamda IIVning tegishli farmoyishi asosida IIV Faxriylar kengashi aʼzolari tomonidan Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida turli uchrashuv va suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan bugun, 22-fevral kuni Buxoro hamda Vobkent tumanlari IIB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan jonli muloqotda IIV Faxriylar kengashi aʼzolari isteʼfodagi polkovnik Mirkomil Mirfayziyev hamda isteʼfodagi polkovnik Isroil Yo‘ldashev, Buxoro viloyati IIB MMI va KBTX boshlig‘i maslahatchisi isteʼfodagi podpolkovnik Fayzullo Bibutov va viloyat IIB masʼullari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda PQ-10-sonli Qaror shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazilib, kelgusida shaxsiy tarkib orasida xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish, qaror asosida qabul qilingan Kodeks talablarini to‘liq o‘rganib va unga rioya etish haqida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng, faxriylar ishtirokida IIV Buxoro akademik litseyidagi Buxoro viloyati IIB Jasorat tarixiy muzeyi bilan yaqindan tanishildi. So‘ng akademik litsey o‘quvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mazkur qaror mazmun-mohiyatiga doir batafsil tushunchalar berildi.  

Text to speech