8 Iyun 2023 yil 244

Buxoro: ichki ishlar organlari tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari xizmatchilari ishtirokidagi seminarga mezbonlik qildi

Maʼlumki, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini «Hayot davomida o‘qish» tamoyili asosida takomillashtirib borish, taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yana-da rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

Mazkur Farmon talablarining ijrosi yuzasidan ichki ishlar organlari tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya sifatini yangi pog‘onaga ko‘tarish, bolalarda Vatanga muhabbat hamda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, yosh avlodni yurtimizning porloq kelajagi uchun munosib farzand bo‘lib yetishishlari, taʼlim-tarbiya borasidagi ishlarni davlat dasturi asosida amalga oshirilishi, barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yagona tizim asosida faoliyat yuritilishini taʼminlash maqsadida rejali ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Ichki ishlar vaziri general-mayor Aziz Ikramovning tashabbusi bilan joriy yilning 8-10 iyun kunlari ichki ishlar organlari tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari xizmatchilari uchun Buxoro viloyati IIB tasarrufidagi “Yulduzcha” nomli MTTda amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda respublika bo‘ylab ichki ishlar organlari tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan 30 nafar xizmatchilar hamda Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlarining masʼullari ishtirok etmoqda.

Bugun seminar ishtirokchilari ushbu MTTda tarbiyalanuvchi bolajonlar va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishda.

Qizg‘in jarayonlarga boy bo‘lgan seminar o‘zaro tajriba almashinuvi, fikr-mulohazalarni bildirish uchun qulay imkoniyat yaratgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Amaliy seminar mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Text to speech