Buxoro shahar 3-sektor hududidagi mahallalarda xonadonbay o‘rganishlar olib borilmoqda.
Buxoro shahar IIO FMB majlislar zalida Buxoro viloyat IIB dan biriktirilgan masʼul rahbarlar ishtirokida shaharning 3-sektori hududiga xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika inspektorlari va viloyat IIB JXX JTSB xodimlaridan iborat guruhlar shakllantirilib, sektor hududida yashovchi aholi muammolarini va ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumi davomida barqaror ishlash ahvolini o‘rganish yuzasidan Yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Bundan tashqari ijtimoiy soha idoralarining rahbar va xodimlari ham mahallalarga biriktirilib, xonadonbay muammolarni o‘rganishga jalb qilindi.
Shu bilan birga masʼul xodimlar 3-sektorga qarashli mahallalardagi xonadonlarda bo‘lib, fuqarolar muammolari, ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumi davomida barqaror ishlashini taʼminlash yuzasidan haqiqiy ahvolni o‘rganishdi.
Ishchi guruh aʼzolari “Ayollar muruvvat uyi” hamda “Muruvvat nogiron bolalar uchun internat uyi” ning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham o‘rganildi.
Masʼullar shahar aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi «ISSIQLIK MANBAI» va "BUXORO ENERGOMARKAZ" davlat unitar korxonalarida ham bo‘lib, mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida qurilmalarning bir maromda hamda uzluksiz ishlashini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar holatini ko‘zda kechirishdi.
Shuningdek, fuqarolarga so‘ngi vaqtlarda taqiqlangan “DOK-1 MAKS” hamda «AMBRONOL» dori vositalaridan foydalanmaslik to‘g‘risida tushunchalar berilib hududda mavjud dorixonalarda foydalanishi taqiqlangan dori vositalarini sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ogohlantirish, tushuntirish va tashviqot ishlari olib borildi.