Buxoro shahar 3 sektor rahbari aholi muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi. 5 ta murojaat joyida yechim topdi
Xalq dardini tinglash, ularning muammolariga yechim topish bugun har bir darajadagi rahbarning kunlik vazifasiga aylangan. Davlatimiz rahbari tomonidan joriy etilan murojaatlar bilan ishlashning yangi tizimi bu ishlarda dasturulamal vazifasini o‘tamoqda.
Bugun 6 mart kuni, Buxoro shahar IIO FMB boshlig‘i polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov 3 sektor hududidagi R.Hamroyev hamda Varaxsho mahallalaridagi "temir daftar", "ayollar daftari" "yoshlar daftari" turuvchi fuqarolar, yakka-yolg‘iz, nogironligi bo‘lgan oilalar ahvolidan xabar olib, ularning muammolarini yaqindan o‘rgandi.
Jarayonlarda ishga joylashish, davolanish uchun dori-darmon, subsidiya asosida tikuv mashinasi, nogironlik aravachasi olib berishni so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning muammolari shu yerning o‘zida yechim topdi.
Jumladan, Piridastgir ko‘chasida yashovchi Muhriddin Kamolov "temir daftar" ro‘yxatiga kiritilgan. U shu paytga ishsiz edi. Sektor rahbari bilan bo‘lgan uchrashuvdan keyin Muhriddin Kamolov Buxoro shahridagi 34-MTT ga ishga joylashtirildi.
Shu ko‘chada istiqomat qiluvchi Mironshox Jumayevning esa haydovchilik guvohnomasi olish olish uchun o‘qishga sarflanadigan xarajatlari to‘lab beriladigan bo‘ldi.
Samiya Mahmudovaga kasalligi tufayli bepul dori-darmon taqdim etildi.
Alpomish ko‘chasida istiqomat qiluvchi Marat Rismuhammedov o‘g‘lini kasb o‘rganishi uchun Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" Monomarkaziga o‘qishga joylashtirishni so‘rab murojaat qildi. Uning muammosi ham shuyerning o‘zida yechim topdi.
Vaqt talab qiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot mutasaddilariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.